Product Summery
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning «Kecha va kunduz» romanida oʻtgan asr boshdagi ijtimoiy hayot aks etgan, ammo u hanuz oʻz dolzarbligi va adabiy qimmatini saqlab kelmoqda. Asar ikki qismdan iborat boʻlib, dastlabki- «Kecha» qismi mazkur kitobdan iborat. «Kunduz» deb atalgan ikkinchi qismi haqida hozirgacha maʼlumot yoʻq. Romanda millatimizga xos fazilatlar-andisha, istihola, oliyjanoblik, soddalik kabi qonimizga singib ketgan odatlar bir taraf; xotinbozlik, xudbinlik va boylik orttirish yoʻlidagi illatlar bir taraf boʻlib, yozuvchi mahorati ila butun boshli asarda aks etgan.