Hamma narsani bilishni istayman (koinot) (А4, qattiq)

85 000 сум

Product Summery

Yulduzlar, sayyoralar, galaktikalar, samoviy jismlar yoki sayyoralararo parvozlar koinotning o'zi kabi benihoya maftunkor va hayratlanarlidir. Insoniyat tungi osmonga qaragan ilk lahzadanoq koinotda yuz berayotgan hodisalardan hayronligini yashira olmasligi aniq edi. Keyinchalik uni o'rgangan sari odamzod sirli olamga oshno bo'lib, tushuntirib bo'lmaydigan g'ayrioddiy hodisalarga duch kela boshladi. Garchi birgina kitob koinot haqida bilish kerak bo'lgan hamma narsani o'z ichiga qamrab olmasa ham, u sizga hech bo'lmaganda qiziqarli ma'lumotlar ro'yxatini tortiq qilishi mumkin. Shu qatori ushbu kitob ham. Xoh u koinotning kelib chiqishi haqida bo'lsin, xoh undagi jismlar haqida yoxud odamlar tomonidan tadqiq qilinishi haqida bo'lsin - bu kitob sizni mavzular bo'yicha muhim ma'lumotlar bilan tanishtiradi.

Soni

O‘xshash kitoblar